Bir asr, uch alifbo: til, millat, yozuv bilan nimalar yuz berdi?

O'zbek tili uchun kurash: Jadidlar merosi va zamonaviy muammolar

Til — millatning tarixiy xotirasi, o‘zligi va ma'naviy mavjudligini belgilovchi eng muhim omillardan biridir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jadid ziyolilari ona tilini saqlash, uni ta'lim, matbuot va davlat boshqaruvida mustahkamlash uchun izchil kurash olib bordilar. Keyingi o‘n yilliklarda esa til siyosati, alifbo islohotlari va ruslashtirish jarayonlari o‘zbek tilining rivojiga chuqur ta'sir ko‘rsatdi.

Har bir alifbo almashinuvi muayyan tarixiy davrning siyosiy, ijtimoiy va madaniy qarashlarini aks ettiradi. O‘zbek yozuvi ham so‘nggi bir asr davomida bir necha bor o‘zgardi. Bu jarayonlar faqat texnik islohot emas, balki jamiyatning tarixiy xotirasi, ta'lim tizimi va milliy o‘zligiga ta'sir ko‘rsatgan muhim voqealar sifatida baholanadi.

Ushbu multimedia loyiha jadidlar merosi, davlat tili uchun kurash, alifbo almashinuvlari hamda bugungi til va imlo masalalarini tarixiy manbalar asosida yoritadi. Loyihaning maqsadi bir asr davomida kechgan jarayonlarni izchil ko‘rsatish va bugungi muammolarni tarixiy kontekstda tushunishga yordam berishdir.

Fon musiqasi sifatida yangrayotgan o‘zbek mumtoz musiqasining durdonasi — "Munojot" hamrohligida materialni mutolaa qiling!

"Dunyoning eng boy tili turkchadur, eng baxtsiz tili ham turkchadur... Baxtsizlik bundan-da ortiq bo'lurmikin?!"
Abdurauf Fitrat, "Tilimiz"

Ijodiy guruh:

Gʻoya va vizual konsepsiya muallifi: Iroda Nasimova
Matn muallifi: filologiy fanlari nomzodi Nilufar Namozova
Multimedia dizayni: Iroda Nasimova, Azizabonu Jaloliddinova, Nodira Sulaymon
Arxiv hujjatlari bilan ishlash va restavratsiya: Aziza Jaloliddinova, Nodira Sulaymon

This is a Shorthand story for reviewPublished stories don't show this section.

GIVE FEEDBACK TO THE STORY OWNER

This feature is not available in landscape. Please rotate your device.

GIVE FEEDBACK TO THE STORY OWNER

More than 4 characters is required
Name must contain only letters, hyphens, apostrophes, full-stops and spaces
Wait, that does not look like a valid email address!
Your feedback was sent to the story owner.
There is been an issue with submitting your feedback.

TEST ON ANOTHER DEVICE

This feature is not available in landscape. Please rotate your device.

TEST ON ANOTHER DEVICE